Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TTA kontrakti 1-kurs talabalari uchun keskin oshadi
Toshkent tibbiyot akademiyasida kontrakt miqdori ikki barobarga oshirilishi haqidagi xabarlar ortidan akademiyaning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Shuhrat Boymurodov talabalarga videomurojaat bilan chiqdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, akademiyada kontrakt faqat 1-kursga qabul qilinayotgan talabalar uchun oshirilgan. Qolgan kurslarda o‘qiyotgan talabalar yo‘nalishlar kesimida hukumat belgilaydigan bazaviy kontrakt miqdorini to‘laydi.
1-kurslar uchun kontrakt miqdori oshirilishi TTAga akademik mustaqillik berilgani, keyingi 3 yilda kontrakt miqdori o‘zgarishsiz 9,1 mln so‘m bo‘lgani, bu vaqt mobaynida esa inflatsiya davom etgani bilan izohlandi.
“Moliyaviy mustaqillik berilganidan keyin, har bir talabaga o‘rtacha xarajat miqdorini aniqlaydigan nizom bor. Unga ko‘ra, tushgan pullar, avvalo, TTA professor-o‘qituvchilariga oylik maosh sifatida, qolaversa, o‘quv laboratoriyalari sifatini oshirish, axborot texnologiya vositalari, infratuzilma uchun mo‘ljallangan.
Hozirgi kungacha TTA o‘quv jihozlari, infratuzilmasi, laboratoriya va talabalar turar joylarini ta’mirlash yetarli darajada bo‘lmagan. Keyingi yilda talabalar turar joylaridagi o‘rinlar soni 1,5 mingtadan 3,5 mingtaga ko‘paytirilyapti”, – degan prorektor.
Ma’lumot uchun, ijtimoiy tarmoqlarda TTA kontrakti 19 mln 430 ming so‘m etib belgilanishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Shuhrat Boymurodov o‘z murojaatida tasdiqlamagan ham, inkor ham etmagan.
Mavzuga oid
20:25 / 23.08.2024
Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9 sentabrda boshlanadi
15:45 / 19.08.2024
Yangi o‘quv yilida qancha abituriyent talabalikka tavsiya etilgani ma’lum qilindi
10:56 / 18.08.2024
1-kursga kirganlar yotoqxona uchun ariza bera olmayotgani sababi ma’lum qilindi
19:22 / 17.08.2024