O‘zbekiston | 13:10 / 29.08.2022
9348
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda tez yordam mashinasi velosipedchini urib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda tez tibbiy yordam mashinasi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Poytaxt IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: IIBB axborot xizmati

Joriy yil 28 avgust kuni taxminan soat 16:40 larda Chilonzor tumani KHAY va Bunyodkor ko‘chalari chorrahasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

1984 yilda tug‘ilgan O.Z. «Ford» rusumli maxsus avtoulovini boshqarib ketayotib, velosiped haydovchisi, 1948 yilda tug‘ilgan G‘.T.ni urib yuborgan. 

Natijada, velosiped haydovchisi G‘.T. tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. 

Mavzuga oid