Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA Talimarjon IESda yangi energiya bloklari quradi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari BAA energetika va infratuzilma vaziri bilan investitsiya hamkorligini muhokama qildi.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev video-konferens-aloqa vositasida Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl Muhammad al-Mazrui bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy munosabatlar, strategik sheriklik va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik jihatlari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda qo‘shma investitsiya portfeli umumiy qiymati 3 mlrd dollarga yaqin bo‘lgan 17 ta loyihadan iborat. E’lon qilingan kapitali 1 mlrd dollarni tashkil etuvchi O‘zbekiston-BAA qo‘shma investitsiya kompaniyasi faoliyati yuqori baholandi. Kompaniya bugungi kunda 100 mln dollardan ko‘proq mablag‘ni o‘zlashtirgan.
Birlashgan Arab Amirliklari Mubadala va Taka kompaniyalari tomonidan Talimarjon IES mavjud bloklarini xususiylashtirish va negizida yangi energiya bloklarini qurish loyihasini amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Shu nuqtayi nazardan, Toshkentda huquqiy bitimlar imzolashga tayyorgarlik ko‘rish muddatlari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025