O‘zbekiston | 11:28 / 01.09.2022
12047
1 daqiqa o‘qiladi

Fuji tog‘i cho‘qqisiga O‘zbekiston bayrog‘i olib chiqildi

O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi bayrami sharafiga Yaponiyadagi o‘zbekistonlik Hobil Yusupov tomonidan milliy bayroq kunchiqar mamlakat eng baland nuqtasi – Fuji tog‘i cho‘qqisiga olib chiqildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Hobil Yusupov Yaponiyadagi barcha vatandoshlar nomidan O‘zbekiston mustaqilligi kuni munosabati bilan xalqqa tabrik yo‘llashidan, davlat bayrog‘ining Fuji tog‘i cho‘qqisida hilpirab turishidan mamnun ekanini qayd etdi.

“Mustaqillik naqadar buyuk ne’mat ekanligini biz teran anglaymiz”, dedi u.

Ma’lumot uchun, balandligi 3776 metrni tashkil etadigan, Yaponiya madaniy va diniy hayotida alohida o‘ringa ega bo‘lgan Fuji tog‘i kunchiqar yurt ramzi sifatida tilga olinadi. Bu tog‘ YuNeSKO Butunjahon tabiiy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Mavzuga oid