Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Shomurodov bizga yordam bera oladi». Mourino Eldor «Roma»da qolishini tasdiqladi
Yozgi transfer oynasi davomida Eldor Shomurodovning «Roma»ni tark etishi haqidagi xabarlarga qaramay, o‘zbekistonlik hujumchi Rim klubida qoladigan bo‘ldi.
DAZN xabariga ko‘ra, transfer oynasining so‘nggi kunlarida Italiyaning «Lechche» klubi Shomurodovga qiziqish bildirganiga qaramay, Eldor «Roma»da qoladigan bo‘ldi. Rimliklar ustozi Joze Mourino ham Shomurodovning klubda qolishini tasdiqlagan.
«Shomurodov bizga yordam bera oladi. Yozgi transfer oynasi davomida u bosim ostida bo‘ldi va endi tinchlanishi hamda bizga yordam berishi mumkin», – deya Joze Mourinoning so‘zlarini keltirgan RomaNews nashri.
Avvalroq, «Bolonya» Shomurodovni ijaraga olish masalasida Rim klubi bilan kelishuvga erisha olmagani, unga «Monsa» va «Torino» klublari ham qiziqish bildirgani haqida xabar qilingan edi. Ammo «Roma» faqatgina 10 mln yevrodan kam bo‘lmagan takliflarni ko‘rib chiqishga rozi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Rim klubi yozgi transfer oynasida ikki hujumchi – Afena-Nyan va Jastin Klyuyvert bilan xayrlashdi. Jamoaga erkin agent sifatida Paulo Dibala va Andrea Belotti taklif qilindi. Shomurodov A Seriya dastlabki uch turida jamoa qaydnomasidan o‘rin olgan bo‘lsa-da, maydonga tushmadi.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
11:38 / 05.05.2025
«Real» poygada qolmoqda, Shomurodovda muvaffaqiyatli seriya. Kun o‘yinlari
16:41 / 02.05.2025