Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 11:02 / 02.09.2022
7141
2 daqiqa o‘qiladi
Ayrim shaxslar xizmat turar joyidan ko‘chirilganda ularga boshqa uy beriladi
Xizmat turar joylarida yashayotgan ayrim shaxslar xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda ko‘chiriladi.
“Huquqiy axborot” kanalida yozilishicha, ular quyidagilar:
I va II guruh nogironlari;
- 1941 – 1945 yillardagi urush faxriylari va baynalmilalchi jangchilar;
- harbiy xizmatni o‘tayotganida halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan harbiy xizmatchilar oilalari;
- nogiron farzandlari bo‘lgan oilalar;
- tarbiyachi ota-onalar, oilaviy bolalar uyi tugatilgan taqdirda;
- xizmat turar joyi bergan tashkilotlarda kamida o‘n yil ishlagan (xizmat qilgan) shaxslar;
- lavozimi munosabati bilan turar joy berilgan bo‘lib, lavozimidan bo‘shagan, lekin turar joyni bergan korxona bilan mehnat munosabatlarini uzmagan shaxslar;
- xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyati o‘zgarishi yoxud korxona, muassasa, tashkilot tugatilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslar;
- o‘zi ishlagan korxona, muassasa, tashkilotdan pensiyaga chiqqan xodimlar;
- xizmat turar joyi berilgan shaxs vafot etganda uning oila a’zolari;
- voyaga yetmagan farzandlari bilan birga yashayotgan yolg‘iz shaxslar.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
15:31 / 03.05.2025
Belarus O‘zbekistonda yig‘ma yog‘och uylarni ishlab chiqarishni tashkil etishi mumkin
12:17 / 17.04.2025
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi
09:02 / 03.04.2025
Toshkentda uy ichida qulflanib qolgan keksa ayolga yordam ko‘rsatildi
08:53 / 31.03.2025