Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeTTB O‘zbekistonda ekologik loyihani amalga oshirishga ko‘maklashadi
O‘zbekiston Ekologiya qo‘mitasi raisi Narzulla Oblomurodov va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB)ning Yadro xavfsizligi departamenti direktori Baltazar Lindauer o‘rtasida tegishli bitim imzolandi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonning Chorkesar va Yangiobod maxsus poligonlarini rekultivatsiya qilish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha grant loyihasi amalga oshiriladi.
7 mln yevroga teng grant shartnomasini imzolash marosimi 2022 yil 1 sentabr kuni YeTTBning Londondagi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tdi.
2021 yilda Davlat ekologiya qo‘mitasi va YeTTB o‘rtasida konsultativ yordam ko‘rsatilishi uchun 2 million yevro miqdoridagi birinchi bitim imzolangan edi. Jami 9 million yevro miqdoridagi grant loyihasi bank tomonidan Markaziy Osiyo uchun Atrof-muhitni reabilitatsiya qilish ekologik hisobi maxsus fondi hisobidan moliyalashtiriladi.
Grant loyihasi doirasida 2022-2025 yillar davomida maxsus uchastkalarini ekologik sog‘lomlashtirish va rekultivatsiya qilish tadbirlari amalga oshiriladi.
Rekultivatsiya ishlari 2023 yilning birinchi choragida boshlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, taxminan ikki yil ichida yakunlanadi. Loyiha doirasidagi qurilish va reabilitatsiya ishlari mahalliy hamda germaniyalik mutaxassislar ishtirokida amalga oshiriladi.
Uchrashuv yakunida loyihani amalga oshirish bo‘yicha tomonlar majburiyatlari yuzasidan kelishib olindi.
Mavzuga oid
09:24 / 18.05.2025
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
19:01 / 05.04.2025
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida
23:14 / 03.04.2025
Ukraina Rossiya bosqini oqibatida yetkazilgan ekologik zararni 85 mlrd dollarga baholadi
12:46 / 29.03.2025