Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri iste’foga chiqishini e’lon qildi
Priti Patel Liz Trass Buyuk Britaniya bosh vaziri deb e’lon qilinganidan so‘ng iste’foga chiqqan dastlabki vazir bo‘ldi.
Foto: Reuters
Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri Priti Patel iste’foga chiqadi. U bu haqda o‘z tvitterida ma’lum qildi.
«Oxirgi uch yil davomida ichki ishlar vaziri sifatida xizmat qilish men uchun sharafli bo‘ldi. Men politsiyani qo‘llab-quvvatlash, immigratsiya tizimini isloh qilish va mamlakatimizni himoya qilish borasidagi ishlarimiz bilan faxrlanaman», — deb yozdi u.
Patel shuningdek, avvalgi bosh vazir Boris Jonsonga yozgan ochiq xatini ham e’lon qildi.
Priti Patel Liz Trass Buyuk Britaniya bosh vaziri deb e’lon qilinganidan so‘ng iste’foga chiqqan dastlabki vazir bo‘ldi.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri hukmron Konservativ partiyaning yangi rahbari etib saylandi.
Ovoz berish jarayonining oltinchi turida tashqi ishlar vaziri, 47 yoshli Elizabet Trass Konservativ partiyaning 81 326 nafar a’zosi ovozini qo‘lga kiritdi. Uning raqibi, sobiq moliya vaziri Rishi Sunakka 60 399 kishi ovoz bergan.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025