O‘zbekiston | 13:07 / 12.09.2022
5572
2 daqiqa o‘qiladi
Ko‘p kvartirali uylar yerto‘lasidan foydalanish tartibi ma’lum qilindi
Ko‘p kvartirali uylar yerto‘lasidan foydalanish u joydagi mulkdorlar roziligiga asosan amalga oshiriladi.
Yerto‘ladan joylar faqat yerto‘lada shug‘ullanish mumkin bo‘lgan quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirish uchun beriladi:
- oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilish (do‘konlar, kioskalar, do‘konchalar va boshqalar);
- maishiy xizmat ko‘rsatish (sartaroshxona, poyabzal tikish va ta’mirlash, optika, soat sozlash ustaxonalari, tikuvchilik va kashtachilik, atele);
- umumiy ovqatlanish (restoranlar, kafe, kafeteriylar, muzqaymoq va chanqovbosdi ichimliklar barlari, gazakxonalar);
- bank xizmatlari ko‘rsatish (banklar bo‘limlari va valuta almashtirish punktlari);
- aloqa xizmatlari ko‘rsatish (pochta bo‘limi) va kurerlik faoliyati;
- gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan savdo qilish;
- bijuteriya va jyevaklarni tayyorlash va ta’mirlash;
- gulchambarlar, sun’iy gullar va gul marjonlarini tayyorlash;
- rassomlik va haykaltaroshlik;
- xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlar ofislari hamda idoralari;
- video va fotosuratga olish, kompyuter xizmatlari;
- tarjima va tahrir xizmatlari;
- dizayn, chizmachilik-grafika xizmatlari;
- kiyim-kechak va idishlarni ijaraga berish xizmati;
- rieltorlik faoliyati;
- gazlamalarga naqshlar solish, trafaretli bosma va qo‘lda rasm chizish xizmatlari;
- jismoniy tarbiya va sport muassasalari faoliyati;
- davlat tashkilotlarini joylashtirish;
- sug‘urta tashkilotlarini joylashtirish.
Yerto‘ladan foydalanganlik uchun to‘lanadigan ijara to‘lovlari eng kam miqdorlari hokimliklar tomonidan tasdiqlanadi.
Yerto‘ladan foydalanuvchi tomonidan uni boshqa shaxslarga sotish, hadya etish, garovga qo‘yish va ijaraga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mavzuga oid
07:24 / 02.09.2024
Sud qarorisiz va uy egasiga kompensatsiya to‘lamasdan turib uy-joyni buzish taqiqlanadi
07:59 / 03.08.2024
Nijniy Tagilda uy qulashi qurbonlari soni 10 kishiga yetdi
14:49 / 12.06.2024
May oyida uy-joy bozorida sotuvlar 9 foizga oshdi
08:10 / 11.06.2024