Shahboz Sharif, Aleksandr Lukashenko va Ilhom Aliyev Samarqandga yetib keldi
15 sentabr kuni Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev ham ShHT sammiti bo‘lib o‘tadigan Samarqandga shahriga yetib keldi.
Bugun, 15 sentabr kuni Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Shanhay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Samarqand shahriga yetib keldi.
Uni aeroportda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Pokiston hukumati rahbari Hazrati Xizr majmuasiga borib, mamlakat birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Bundan tashqari, 15 sentabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko amaliy tashrif bilan mamlakatga keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Aleksandr Lukashenko Hazrati Xizr majmuiga tashrif buyurib, O‘zbekiston birinchi prezidenti qabriga gul qo‘ydi.
Tashrif dasturida O‘zbekiston prezidenti bilan uchrashish va ShHTning Samarqand sammiti tadbirlarida ishtirok etish ham ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Shanhay hamkorlik tashkiloti sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun 15 sentabr kuni mamlakatga keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ilhom Aliyev Hazrati Xizr majmuasida bo‘lib, birinchi prezident Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi.
Mavzuga oid
21:16 / 22.11.2024
Lukashenko Belarusda norozilik namoyishlari takrorlansa, internetni «butunlay o‘chirib qo‘yish» bilan tahdid qildi
00:59 / 21.11.2024
Ozarboyjon 2025 yilgi mudofaa xarajatlarini oshiradi
20:52 / 20.11.2024
Lukashenko yana 32 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
15:29 / 20.11.2024