Erdo‘g‘an Turkiyaning ShHTga a’zo bo‘lishi haqida fikr bildirdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatning Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lishi to‘g‘risida fikr bildirdi.
"Biz "Shanhay beshligi" a’zosi emasmiz. Biz bu yerga (Samarqandga) mezbon O‘zbekistonning taklifi bilan maxsus mehmon sifatida keldik. Tabiiyki, janob Shavkat Mirziyoyev bilan alohida munosabatlarga egamiz. Ana shu munosabatlar tufayli u meni va janob Ilhom Aliyevni bu yerga maxsus mehmon sifatida taklif qildi", dedi u.
Turkiya prezidenti jarayon bo‘yicha navbatdagi qadam qo‘yilishini aytdi.
"Bu qadam Hindiston mezbonligida o‘tadigan kelgusi muzokaralarda kun tartibiga qo‘yilishi mumkin. A’zo bo‘lish yoki bo‘lmaslik – bular boshqa-boshqa narsalar, ammo aynan mana shu qadam orqali bu mamlakatlar bilan munosabatlarimiz mutlaqo boshqa bosqichga chiqadi", - dedi Erdo‘g‘an.
ShHTga 2001 yilda asos solingan. Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston tashkilot a’zolari hisoblanadi. Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston - kuzatuvchi davlatlar, Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka - hamkor davlatlar.
ShHTning navbatdagi 22-sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazildi.
Sammit doirasida Eronning tashkilotga a’zo bo‘lish uchun majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Shuningdek, Belarusni ham ShHT a’zoligiga qabul qilish jarayoni rasman boshlandi.
Jami 44ta hujjat imzolandi.
Mavzuga oid
16:43 / 06.11.2024
Erdo‘g‘an turkiyzabon davlatlarni umumiy alifboga o‘tishga chaqirdi
21:46 / 30.10.2024
Erdo‘g‘an kurdlarni «Turkiya asrini» birgalikda qurishga chaqirdi
00:08 / 30.10.2024
Turkiya tashqi tahdidlarning oldini olish uchun yangi harbiy platformalar yaratadi
11:30 / 26.10.2024