O‘zbekiston | 11:18 / 20.09.2022
3167
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Rossiyaga 1,7 ming tonna limon yetkazib berdi

O‘zbekiston 2,7 ming tonna limon eksport qilgan.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston 2022 yil yanvar-avgust oylarida 7 ta xorijiy davlatga qiymati 2,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,7 ming tonna limon eksport qilgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, limon eksporti o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 85 tonnaga kamaygan.

2022 yilning 8 oyida O‘zbekiston eng ko‘p limon eksport qilgan davlatlar:

  • Rossiya – 1,7 ming tonna;
  • Qozog‘iston – 636 tonna;
  • Qirg‘iziston – 303 tonna.

Xorijga eng ko‘p limon eksport qilgan hududlar:

  • Farg‘ona viloyati – 1,1 ming tonna; 
  • Xorazm viloyati – 511 tonna; 
  • Toshkent viloyati – 374 tonna; 
  • Namangan viloyati – 227 tonna.

Mavzuga oid