Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pensiyani hisob-kitob qilish yangi tartibi joriy etilyapti
O‘zbekiston prezidenti tomonidan 19 sentabr kuni imzolangan qonun bilan “Fuqarolar davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish kiritildi.
Otasidan ham, onasidan ham judo bo‘lgan (chin yetim) bolalar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlari umumiy miqdoridan kelib chiqib, pensiyani hisoblash bazaviy miqdori 12 baravari miqdorida amalga oshirilishi belgilandi. Ilgari 10 baravari edi.
Pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqi maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdori 10 baravaridan 12 baravariga oshiriladi.
Ushbu tartiblar 2023 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda O‘zbekistonda pensiyani hisoblash bazaviy miqdori 324 ming so‘mni tashkil etadi.
Mavzuga oid
13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi
20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi
09:52 / 21.02.2025