Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Bo‘stonliqda dor yo‘llari quradi
Shanhay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi va Xitoyning injiniring bo‘yicha CAMCe korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumda O‘zbekistonda investitsion qurilish loyihalarini amalga oshirish va dor yo‘llarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish, bitim doirasida investitsion loyihalarni ommalashtirish uchun ekspertlarni jalb qilish, dor yo‘llarini qurishga mo‘ljallangan joylarni tanlash hamda hamkorlik texnik va moliyaviy darajadagi tafsilotlarini aniqlashtirish uchun mutaxassislar guruhini yuborish hamda dor yo‘llarini ekspluatatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Bitimni tayyorlash doirasida CAMCe korporatsiyasi vakillari hudud infratuzilma sharoitlarini o‘rganish uchun Bo‘stonliq tumanida bo‘ldi. Safar davomida Xitoy korporatsiyasi delegatsiyasi «Chorvoq» direksiyasi investitsion loyihalari bilan tanishdi.
Xitoyning CAMCe korporatsiyasi ochiq aksionerlik jamiyati bo‘lib, XXR markaziy hukumati boshqaruvidagi davlat korxonasi hisoblanadigan Xitoy milliy mashinasozlik korporatsiyasi (SINOMACH) tarkibiga kiradi.
Mavzuga oid
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi
23:16 / 01.04.2025