Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«IrAero» Samarqanddan Qozonga parvozlarni boshladi
Rossiyaning «IrAero» aviakompaniyasi «Samarqand» xalqaro aeroportidan Tatariston poytaxti Qozon shahriga yangi yo‘nalish ochdi.
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, 20 sentabrdan boshlab Samarqandga va ortga reyslar haftada bir marta - seshanba kunlari amalga oshiriladi. Oktyabr oyi oxirigacha 2022 yil bahor-yoz mavsumi doirasida samolyotlar Samarqanddan Qozonga mahalliy vaqt bilan soat 18:30 da parvoz qiladi.
Yo‘lovchilarni tashish Sukhoi Superjet 100 samolyotlarida amalga oshiriladi. Bir yo‘nalishdagi parvoz vaqti 3 soat 40 daqiqa.
«IrAero» aviakompaniyasi - 1999 yilda tashkil etilgan va Irkutsk xalqaro aeroportida joylashgan Rossiya aviakompaniyasi hisoblanadi.
Kompaniya parki Airbus A319, Superjet 100, Bombardier CRJ-200LR kabi samolyotlardan, shuningdek, «Antonov» yo‘lovchi va yuk tashuvchi samolyotlaridan iborat.
Mavzuga oid
09:51 / 20.01.2025
OAV: Qozonga Ukraina dronlari hujum qildi
09:58 / 09.01.2025
Azerbaijan Airlines Bokudan Qozonga parvozlarni to‘xtatdi
11:30 / 25.10.2024
BMT: Guterrish Qozonda RFning Ukrainaga hujumini qoraladi
08:40 / 23.10.2024