Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya-Gruziya chegarasida rekord darajadagi navbatlar yuzaga keldi
22 sentabr kuni Finlandiya bilan chegaradagi «Torfyanovka» va «Brusnichnoye» punktlarida bir sutkada chegaradan o‘tgan yengil avtomobillar soni bo‘yicha rekord qayd etildi.
23 sentabr kuni Rossiya-Gruziya chegarasida rekord darajadagi mashinalar navbati yuzaga keldi, deb xabar berdi RBK.
Federal bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 23 sentabr kuni «Verxniy Lars» nazorat-o‘tkazuv punkti oldida 1715 mashinadan iborat navbat yuzaga keldi.
Qayd etilishicha, bu yil boshidan buyon qayd etilgan maksimal ko‘rsatkich hisoblanadi.
O‘z navbatida, Shimoliy Osetiya bo‘yicha IIV respublika hududida Gruziyaga o‘tish uchun 2000dan ortiq mashina navbat kutayotganini ma’lum qildi.
Shimoliy Kavkaz bojxona boshqarmasining ma’lumot berishicha, Rossiyadan «Verxniy Lars» nazorat-o‘tkazuv punkti orqali chiqib ketishni xohlovchilar soni oxirgi uch kun ichida keskin oshgan.
Bundan tashqari, 22 sentabr kuni Finlandiya bilan chegaradagi «Torfyanovka» va «Brusnichnoye» punktlarida bir sutkada chegaradan o‘tgan yengil avtomobillar soni bo‘yicha rekord qayd etildi. O‘tgan sutka davomida ular orqali mos ravishda 989 va 890 mashina o‘tgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025