Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Norov YuNeSKO bosh direktori bilan uchrashdi
BMT Bosh assambleyasining 77-sessiyasi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Birlashgan millatlar tashkiloti Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO) bosh direktori Odri Azule bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va YuNESKO o‘rtasidagi hamkorlik bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Rejalashtirilgan tadbirlar jadvali va ular tashkiliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Odri Azule O‘zbekiston tomonini YuNESKO nufuzli boshqaruv organlaridan biri bo‘lgan nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasiga a’zo bo‘lgani bilan tabrikladi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi masalalari muhokama qilindi. 2021 yili O‘zbekiston tomoni tashabbusi bilan qabul qilingan YuNESKO «Xiva jarayoni: Markaziy Osiyo mintaqasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish» rezolyutsiyasini ilgari surish doirasida faol ishlashga hozirlik bildirildi.
Mavzuga oid
15:05 / 06.05.2025
Toshkentdagi 21 ta binoni YuNeSKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish taklif etilmoqda
16:49 / 02.04.2025
Saida Mirziyoyeva YuNESKO Bosh konferensiyasi Samarqandda o‘tkazilishini olqishladi
14:46 / 12.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Parijda YuNeSKO bosh direktori bilan uchrashdi
13:48 / 05.12.2024