Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rojyer Federer faoliyatidagi eng so‘nggi bahsni o‘tkazdi
15 sentabr kuni 41 yoshli tennischi sentabrda bo‘lib o‘tadigan Leyver kubogi faoliyatidagi oxirgi musobaqa bo‘lishini aytgandi.
Shveytsariyalik tennischi Rojyer Federer faoliyatidagi eng so‘nggi bahsda yutqazib qo‘ydi. Ispaniyalik Rafael Nadal bilan juftlikda o‘ynagan Federer Leyver kubogi uchrashuvida mag‘lubiyatga uchradi.
Yevropa milliy jamoasi nomidan qatnashgan Federer va Nadal amerikalik Frensis Tiafo va Jyek Sokka 6:4, 6:7 (2:7), 9:11 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
O‘yindan so‘ng tomoshabinlar shveysariyalik tennischini bir necha daqiqa davomida olqishlab turishdi.
15 sentabr kuni 41 yoshli tennischi sentabrda bo‘lib o‘tadigan Leyver kubogi faoliyatidagi oxirgi musobaqa bo‘lishini aytgandi.
Avgust oyida Federer eng ko‘p daromad topgan tennischilar ro‘yxatida yetakchi bo‘lgandi. U musobaqalardan tashqarida 90 mln dollar ishlagan.
Rojyer Federer faoliyati davomida «Ulkan dubulg‘a» turkumidagi musobaqalarda 20 marta g‘alaba qozongan. U shuningdek, 2008 yilgi Olimpiada o‘yinlarida oltin va 2012 yilgi o‘yinlarda kumush medalga sazovor bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:10 / 20.02.2025
Zelimxon Haydarov Tennis federatsiyasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
17:50 / 17.02.2025
Botir Rahimov tennis federatsiyasiga rais bo‘ldi
16:46 / 26.01.2025
Yannik Sinner yana Australian Open g‘olibi bo‘ldi
08:00 / 05.08.2024