O‘zbekiston | 15:00 / 26.09.2022
6713
4 daqiqa o‘qiladi

Turonbankda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar!

“Turonbank” ATB joriy yilda yuqori ball bilan talabalikka erishgan 100 nafar yoshlar uchun “Turonbank Stipendiyasi” loyihasini joriy qildi.

Foto: Turonbank

Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022 yilgi o‘quv yilidan talaba-qizlar uchun foizsiz ta’lim kreditlarining ajratilishi,  joriy yilning 4 mart kunidagi videoselektor yig‘ilishida barcha davlat tashkilotlari va muassasalarida talabalarning ishlashiga ruxsat berilishi mamlakat rahbariyatining kelajak avlodga bo‘lgan ishonchi, shuningdek yoshlarning o‘zini anglashi, mukammal bilimlarni egallab rivojlanishi uchun sharoit yaratishga bo‘lgan munosabatini yaqqol namoyish etadi. “Turonbank” ATB ham bu borada yangi loyihalarni amalga oshirmoqda.

Foto: Turonbank

Bank misolida olib qaralsa, bugungi kunda bankda faoliyat olib boradigan jami xodimlarning deyarli 38 foizini yoshlar tashkil etib, ular orasida bir vaqtning o‘zida ham o‘qib ham ishlaydigan yoshlar juda ko‘p. Shuni alohida qayd etish lozimki, Turonbank birinchilardan bo‘lib bitiruvchi kurslarda tahsil oladigan talabalarni maxsus test sinovlari va shaxsan bank Boshqaruv raisining suhbatidan o‘tkazib, ishga jalb qilish tizimini yo‘lga qo‘ygan. Ularning ishlashi va ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida alohida shart-sharoitlar yaratilgan. Bunday yoshlarning qariyb 300 nafari bugungi kunda bankda faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Foto: Turonbank

2022 yildan boshlab esa, “Turonbank” ATB yana bir ajoyib ishga qo‘l urdi. Bilimga chanqoq va intiluvchan yoshlar uchun “Turonbank Stipendiyasi” loyihasi joriy etildi. Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida (Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, Moliya instituti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va boshqalar) iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plab o‘qishga qabul qilingan 100 nafar talaba mazkur stipendiyaga nomzod sifatida taklif etildi. Iqtidorli yoshlar Turonbank Boshqaruv raisi Chori Mirzayev bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida bank boshqaruv raisi nomzodlar bilan tanishib ular bilan suhbatlashdi. Ularga stipendiyani qo‘lga kiritish orqali taqdim etiladigan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Foto: Turonbank

Shuningdek, stipendiyadan tashqari shartnoma asosida tahsil oladigan talabalarning kontrakt summalari to‘lab beriladi. Birinchi va ikkinchi kurslarda stipendiya sohiblarining faqatgina bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratiladi, 3 kursdan boshlab «Turonbank» ATBda mehnat faoliyatini boshlash imkoniyati yaratiladi. Shu bilan birga ular doimiy Turonbank e’tiborida bo‘lib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi, moliya muassasasi tomonidan o‘tkaziladigan turli tadbirlar va seminarlarda ishtirok etib, ta’til vaqtlarida bemalol bankda ish o‘rganish imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi. “O‘qishni tamomlaganimdan keyin qayerda ishlayman?” degan savol ularni qiynamaydi. Shuning uchun ham ular o‘zlarining bor diqqat-eʼtiborlarini bilim olishga qaratadi, bunday yoshlar esa albatta yetuk mutaxassis darajasiga ko‘tarilishi o‘z navbatida bank rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishi aniq.

Foto: Turonbank

Xorij tajribasiga ham nazar solsak ko‘plab mamlakatlarda kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha davlat idoralari va ta’lim muassasalari o‘rtasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Misol uchun Singapurda iqtidorli kadrlarni jalb qilish maqsadida davlat fuqarolik xizmati sohasida mehnat faoliyatini boshlashga qaror qilgan eng yaxshi o‘rta maktab bitiruvchilariga davlat grantlari ajratiladi. Grant sovrindorlari to‘rt yillik boshqaruv menejmentini rivojlantirish mutaxassisligi bo‘yicha dastur orqali tegishli ta’lim olishadi. Ammo, yosh mutaxassis, agar 35 yoshga qadar, masalan, vazir o‘rinbosari bo‘lishligi imkoniyatini namoyish etmasa, u ushbu holatlarda davlat xizmatidan ketishi tavsiya etiladi.

Reklama

Mavzuga oid