O‘zbekiston | 08:50 / 26.09.2022
3438
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijlik mutaxassisni ishga yollash tartibi tushuntirildi

Ayni kunlarda respublikaga ishlash tashabbusi bilan kelayotgan xorijliklar soni ko‘payganini inobatga olib, ular uchun qulayliklar yaratilmoqda, deb xabar berdi Yagona portal.

Foto: Shutterstock

Qayd etilishicha, endi chet ellik mutaxassislar ham O‘zbekiston hududida ishlash huquqini beradigan tasdiqnomani my.gov.uz yoki «Lisenziya» AT orqali onlayn olish imkoniyatiga ega.

Bunda arizachi o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotni, chet el fuqarosining so‘rovnomasini to‘ldiradi. So‘ng, ilova qilinadigan hujjatlarni taqdim qilib, to‘lovni amalga oshiradi.

Xizmat 15 kun ichida ko‘rsatiladi. Ariza my.gov.uz orqali topshirilganda 270 000 so‘m to‘lov (10 foiz chegirma bilan) qilinadi.

Mavzuga oid