Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning eng badavlat biznesmenlari reytingi e’lon qilindi
Ilon Mask ilk bor eng badavlat 400 nafar amerikaliklar reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
Forbes USA Tesla bosh direktori va SpaceX asoschisi Ilon Maskning boyligini 251 mlrd dollar deb baholadi. U to‘rt yildan buyon birinchi o‘rinda kelayotgan Amazon asoschisi Jyeff Bezosni ortda qoldirdi.
Endilikda Bezos ro‘yxatda ikkinchi o‘rinda turibdi: uning boyligi 151 mlrd dollar deb baholandi.
Microsoft hammuassisi Bill Geytsning boyligi 106 mlrd dollar, Oracle hammuassisi Larri Ellisonning boyligi miqdori 101 mlrd dollar deb baholangan. Yuqori beshtalikni Uorren Baffet yakunlaydi (97 mlrd dollar).
Yuqori o‘ntalikdan Google asoschilari Larri Peyj va Sergey Brin, Microsoft sobiq rahbari Stiv Balmer, biznesmen Maykl Blumberg va Walmart tarmog‘i egalaridan biri Jim Uolton joy oldi.
Koch Industries kompaniyasi egasi bo‘lgan Devid Kohning bevasi Juliya Koh AQShning eng badavlat ayoli deb topildi. Uning boyligi 56 mlrd dollar deb baholandi.
Kohdan keyingi o‘rinda Walmart aksiyadorlaridan biri Elis Uolton joylashdi (55,7 mlrd dollar).
Forbes USA eng boy 20 nafar amerikalikning umumiy boyligini 1,6 trln dollar deb baholadi. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan 235 mlrd dollarga kam.
Jahon reytingida ham Mask birinchi o‘rinda, Bezos esa to‘rtinchi o‘rinda: undan yuqorida LVMH egasi Bernar Arno va hindistonlik biznesmen Gautam Adani turibdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025