O‘zbekiston | 21:25 / 27.09.2022
16966
1 daqiqa o‘qiladi

G‘aniyev va Voitovga klasterlar faoliyatini tekshirish bo‘yicha topshiriq berildi

Foto: Kun.uz

Videoselektor yig‘ilishida Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov klasterlar tomonidan salbiy holatlarga yo‘l qo‘yilayotgani to‘g‘risida ko‘plab e’tirozlar mavjud ekaniga to‘xtaldi.

«Klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga tuman sektor rahbarlari tomonidan bosim o‘tkazilayotganini qanday tushunish mumkin?

G‘aniyev Shuhrat Madaminovich, Voitov bu holatni ikki kun muddatda shaxsan o‘rganib, xalq orasida bunday noroziliklarni keltirib chiqarishga sabab bo‘ladigan sektor rahbarlari, klasterlar bo‘yicha taklif kiritinglar», — deya topshiriq berdi Umrzoqov.

Mavzuga oid