Jahon | 09:23 / 29.09.2022
15250
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada chaqiruv komissiyasi rahbariga chaqiruv qog‘ozi topshirildi

Moskvada harbiy xizmatga chaqiruv qog‘ozi Kurkino munitsipal okrugi rahbari Ilya Svetikovga topshirildi. Bu haqda uning o‘zi xabar berdi.

Foto: Facebook / Ilya Svetikov

Qayd etilishicha, Ilya Svetikov ayni paytda Kurkino munitsipal okrugi bo‘yicha chaqiruv komissiyasining rahbari hisoblanadi. 

Ilya Svetikov bu haqda bir kun avval Facebook'dagi sahifasida xabar berdi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga voqea aks etgan video va chaqiruv qog‘ozi suratini joylashtirgan.

Bundan oldin AQSh o‘z fuqarolarini Rossiyani zudlik bilan tark etishga chaqirgandi.

Safarbarlik fonida Rossiyani tark etish imkoniyatlari tobora kamayib bormoqda, deya ogohlantirdi AQSh Davlat departamenti. Uning ta’kidlashicha, ikki fuqaroligi bo‘lgan shaxslar Ukraina bilan urush uchun armiyaga chaqirilishi mumkin.

28 sentabr, chorshanba kuni AQShning Moskvadagi elchixonasi saytida e’lon qilingan murojaatda Davlat departamenti 21 sentabr kuni Rossiyada «qisman safarbarlik» e’lon qilingani va ikki fuqarolikka ega bo‘lganlar armiyaga chaqirilib, Ukraina bilan urushga yuborilishi mumkinligini eslatgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid