Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV tezkor xodimi qasddan o‘ldirilib, jasadi daryoga tashlab yuborilgan
2022 yil 29 sentabr kuni Ichki ishlar vazirligida boshqarma tezkor vakili lavozimida ishlagan xodim o‘zaro kelishmovchilik natijasida ikki nafar shaxs tomonidan qasddan o‘ldirilib, jasadi Chirchiq daryosiga tashlab yuborilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘tkazilgan qidiruv harakatlari davomida jabrlanuvchining murdasi daryodan topilgan va gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bosh prokuratura, shuningdek, tergovga aralashish va to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmasligini bildirdi.
Mavzuga oid
20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV
18:26 / 15.05.2025
IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi
14:22 / 13.05.2025
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi
10:06 / 21.04.2025