Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada G‘arbiy harbiy okrug qo‘mondoni almashtirildi
General-leytenant Roman Berdnikov general-polkovnik Aleksandr Juravlyov o‘rniga G‘arbiy harbiy okrug qo‘mondonligini boshqaradi.
General-leytenant Roman Berdnikov G‘arbiy harbiy okrug (G‘HO) qo‘mondonligini boshqaradi, ilgari okrugni general-polkovnik Aleksandr Juravlyov boshqargan, bu haqda Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestrida ma’lumot berilgan.
G‘arbiy harbiy okrug qo‘mondoni o‘zgargani haqidagi ma’lumotni 3 oktyabr, dushanba kuni kadrlar o‘zgarishi bilan tanish bo‘lgan RBK manbasi ham tasdiqladi. Shu bilan birga, kadrlar almashinuvi 28 sentabr kuni amalga oshirildi.
Berdnikov ilgari Sharqiy harbiy okrugning umumqo‘shin birlashmasi qo‘mondoni bo‘lgan, keyin Suriyadagi rus qo‘shinlari guruhiga qo‘mondonlik qilgan.
Juravlyov ham 2016-2018 yillarda Rossiya qurolli kuchlarining Suriyadagi guruhiga qo‘mondonlik qilgan. U 2018 yilning kuzida G‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari boshlig‘i bo‘ldi.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida G‘arbiy okrug qo‘shinlari Xarkiv oblastidagi janglarda qatnashdi. Sentabr oyida Ukraina qo‘shinlari mintaqada muvaffaqiyatli qarshi hujumni boshladi va bosib olingan hududning katta qismini ozod qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Jurnalist Sergey Mardanning aytishicha, Juravlyov Bosh shtab akademiyasida dars beradi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025