Bojxona kodeksiga qo‘shimchalar kiritilishi kutilyapti
“Bojxona kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Qonun loyihasi bilan Bojxona kodeksi 297-moddasi ikkinchi qismiga nodavlat sport-ta’lim muassasasini bojxona bojini to‘lashdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilishi belgilanmoqda.
Bojxona kodeksi 297-moddasida doimiy ravishda amalda va to‘liq bo‘lgan tarif imtiyozlari belgilanganini inobatga olib, vaqtinchalik tusdagi bojxona bojidan ozod etish tarzidagi tarif imtiyozlari alohida qo‘shimcha modda bilan to‘ldirilmoqda.
Qonun loyihasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan, o‘rnatilgan tartibda Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Investitsiyalar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan kelishilgan.
Qonun qabul qilinishi natijasida jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan maktabdan tashqari nodavlat sport-ta’lim muassasasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga, nodavlat sport-ta’lim muassasasida sport turlari bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni tayyorlashda davlat va nodavlat sport-ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga, xususiy ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida zarur shart-sharoitlar yaratishga olib keladi.
Mavzuga oid
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
17:40 / 14.11.2024
Buxoro amirligi davriga tegishli qadimiy tangalarni olib chiqib ketishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi
23:41 / 13.11.2024
O‘zbekistonga 245 mln so‘mlik qo‘l soatlar va zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringan shaxslar to‘xtatildi
17:56 / 06.11.2024