Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farzandlikka olishi mumkin bo‘lgan shaxslarga nisbatan talablar kuchaytiriladi
“Oila kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Farzandlikka olishi mumkin bo‘lgan shaxslarga nisbatan talablar kuchaytirilmoqda. Kamida ikki yil davomida o‘zaro nikohda bo‘lgan shaxslar, yigirma besh yoshga to‘lgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkinligi, farzandlikka berish to‘g‘risida qaror qabul qilishdan oldin sud tomonidan sinov muddatini joriy etish belgilanmoqda.
Boladan alohida yashayotgan ota (ona) bola bilan muloqot qilish huquqiga ega ekani hamda uning tarbiyasida ishtirok etish va ta’lim olishi masalasini hal etishda qatnashishga majburligi belgilab qo‘yilmoqda.
Soxta nikohni haqiqiy emas deb topish bo‘yicha kodeks 49-moddasi va 54-moddasi o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlashga qaratilgan qoidalar nazarda tutilmoqda.
Yarashtirish komissiyasi tugatilgani va uning o‘rniga Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi tashkil etilgani sababli, Oila kodeksi 40-moddasiga o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Mavzuga oid
17:26 / 08.11.2024
“Embrionlar qarovsiz qolib ketdi” - EKU orqali farzand kutgan ayollar aldandi(mi?)
09:00 / 18.09.2024
Tovar-xomashyo birjalari uchun yangi talablar belgilandi
12:40 / 20.07.2024
Turizm sohasidagi faoliyatga qo‘yiladigan talablar soddalashtirildi
15:31 / 16.03.2024