Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda piyoda vafot etdi
Volkswagen mashinasi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan shaxsni urib yuborgan.
Foto: Samarqand viloyat IIB axborot xizmati
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 10 oktyabr kuni soat 20:15 larda Samarqand shahar Gagarin ko‘chasida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan piyodani Gagarin ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Volkswagen rusumli mashina urib yuborgan. Oqibatda, piyoda og‘ir tan jarohatini olib voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Samarqandda katta tezlikda harakatlanib yuk mashinasi ostiga kirib ketgan Matiz haydovchisi vafot etgandi.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
18:17 / 19.05.2025