O‘zbekiston | 07:51 / 10.10.2022
6572
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa kengashi raisi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

28 oktyabr kuni Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Foto: AFP

Bu haqda yevropalik siyosatchi Twitter'da ma’lum qildi

Unga ko‘ra, 28 oktyabr kuni u O‘zbekistonga tashrif buyurib, prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishni rejalashtirgan.

Bundan tashqari, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 26-27 oktabr kunlari Sharl Mishel Ostonada bo‘ladi.

«YeI Markaziy Osiyo bilan aloqalarni chuqurlashtirishga va mintaqaviy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga tayyor», - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil avgust oyida Shavkat Mirziyoyev va Sharl Mishel Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilgan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid