Samarqandda sodir bo‘lgan ayanchli YTHda 5 kishi halok bo‘ldi
Toshkent-Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan Lacetti mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishlarini ajratib turgan metall to‘siqqa urilgan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 13 oktabr kuni soat 19:00 larda M-37A Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi aylanma avtomobil yo‘lining Samarqand shahar hududidan o‘tgan 37-kilometrida ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
30 yoshli fuqaro J.Murotov o‘z boshqaruvida bo‘lgan Lacetti bilan Toshkent—Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotib, mashina boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishlarini ajratib turgan metall to‘siqqa urilgan.
Oqibatda haydovchi J.Murotov, yo‘lovchilar 25 yoshli Yo.Umarov, 41 yoshli R.Ergasheva, 44 yoshli A.Usmonova va 34 yoshli M.G‘oyibova tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, viloyat IIB tomonidan mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa joyidan olingan fotosuratlar e’lon qilindi. Ularning birida Lacetti mashinasining tezlikni o‘lchovchi uskunasi soatiga 140 kilometr tezlikda qotib qolgani tasvirlangan. Bundan xulosa qilish mumkinki, mashina juda katta tezlikda harakatlangan.
Shuningdek, hodisa guvohlarining ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, ayni kunlarda M-37A Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi aylanma avtomobil yo‘lining aynan YTH sodir bo‘lgan qismida yo‘nalishlarini ajratuvchi metall to‘siqlar o‘rnatilayotgan va uning bir qismi ochiq bo‘lgan. Oqibatda, metal to‘siqning uchi boshqaruvni yo‘qotgan Lacetti mashinasi salonining old qismidan kirib, orqa tomonidan teshib chiqqan.
Mavzuga oid
23:47 / 26.11.2024
Toshkentda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Isuzu haydovchisi halok bo‘ldi
09:31 / 26.11.2024
Chilonzorda «Lasetti» va skuter to‘qnashuvida bir kishi jarohat oldi
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
20:04 / 21.11.2024