Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Italiya universitetlari rektorlari yillik forumi tashkil etiladi
TIVda Italiya bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va ta’lim sohalardagi hamkorlikni yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Italiya elchisi Agostino Pinna bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar Savdo-iqtisodiy, sanoat hamkorligi va eksport kreditlari bo‘yicha hukumatlararo ishchi guruhi 7-yig‘ilishini yaqin kelajakda Toshkent shahrida tashkil etish yuzasidan fikr almashdi.
2023 yilda O‘zbekiston va Italiyaning yetakchi universitetlari rektorlari yillik forumini tashkil etish, «raqamli iqtisodiyot», muhandislik, sanoat dizayni, agrosanoat va turizm sohalarida mutaxassislarni birgalikda tayyorlash masalasini o‘rganishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha kelgusi yil birinchi yarmida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar navbatdagi raundini o‘tkazish sanalarini ishlab chiqish, yaqin kelajakda madaniy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025