O‘zbekiston | 10:47 / 17.10.2022
5752
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiqda «Isuzu» yuk mashinasi jarlikka tushib ketdi

Kecha, 16 oktyabr kuni soat 21:09 da Qamchiq dovonida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 

Videodan kadr

«Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi navbatchi-dispetcheriga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, A-373 Toshkent - O‘sh avtomobil yo‘lining 223-kmda «Vodiy-Toshkent» yo‘nalishida harakatlangan «Isuzu» yuk avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, u yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa urilgani sababli yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishi orqali pastki jarlikka tushib ketgan.

Voqea joyiga FVVning «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari zudlik bilan yetib borib, jarlikka tushgan yuk mashinasini maxsus texnikalar yordamida chiqarib olishgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan «Isuzu» haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, Angren markaziy shifoxonasiga yuborilgan.

Mavzuga oid