Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lokomotiv» Jeparovni iste’foga chiqardi. Klubni avstraliyalik murabbiy boshqaradi
Superliga 22-tur doirasidagi «Lokomotiv» - «Olimpik» uchrashuvidan so‘ng «temiryo‘lchilar» bosh murabbiyi Server Jeparov klub rahbariyati tomonidan iste’foga chiqarildi.
«Lokomotiv» kecha juda muhim bellashuvda «Olimpik»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu esa klub rahbariyatining keskin qaror qabul qilishiga sabab bo‘ldi.
Superliganing qolgan 4ta turiga asosiy jamoamizni taniqli va tajribali mutaxassis Mirko Yyelichich boshqaradi. Avstraliyalik murabbiy iltimosiga binoan, Denis Korostichenko ham murabbiylar shtabiga qaytib, Yyelichichga yaqindan yordam beradi», - deyiladi klub xabarida.
Ma’lumot uchun, «Lokomotiv» 20 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda. Klub keyingi turlarda «Paxtakor», «Navbahor», «So‘g‘diyona» va «Metallurg»ga qarshi maydonga tushadi.
Mavzuga oid
20:17 / 03.08.2023
Tomoshabinlar antirekordi qayd etilgan OKMK – «Lokomotiv» o‘yinidan fotojamlanma
16:59 / 25.11.2022
«Turon» Superligaga yo‘llanma oldi, «Lokomotiv» Pro ligaga ravona bo‘ldi
16:52 / 29.10.2022
Toshkent hal qiladi: Chempionlik 21 yil o‘tib, poytaxtdan tashqariga chiqadimi?
18:04 / 20.10.2022