Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda 54 yoshli erkak o‘zini shifoxonaning 3-qavatidan tashladi
Karmana tumanining Bunyodkor mahallasida ro‘yxatda turgan, o‘zi esa Navbahor tumanida yashagan marhum 16 oktabr kunidan buyon shifoxonada davolanayotgan bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda erkak o‘zini poliklinika binosining 3-qavatidan tashlab yuborganligi haqidagi videolavha tarqaldi.
Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning ma’lum qilishicha, mazkur hodisa Navoiy shahrida sodir bo‘lganligi haqida ma’lumot olingan.
“Hozirda tergov-tezkor guruhi tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilmoqda. Shuningdek, sodir etilgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda. Natijalari haqida keng jamoatchilikka batafsil ma’lumotlar e’lon qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, holat bugun, 18 oktabr kuni soat 15:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. 16 oktabr kuni davolanish uchun shifoxonaga kelgan 54 yoshli karamanalik bemor o‘zini noma’lum sabab bilan pastga tashlagan va vafot etgan. U aynan bugun yangi palataga ko‘chirilgan bo‘lgan.
Hozirda sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Mavzuga oid
22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti
10:17 / 06.05.2025
Navoiyda savdo majmuasida yong‘in chiqdi
14:02 / 04.03.2025
Navoiyda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi
19:38 / 29.01.2025