O‘zbekiston | 10:33 / 19.10.2022
1638
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya O‘zbekiston hokimliklari vakillari uchun o‘quv kurslari tashkil etadi

Davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish bo‘yicha Buyuk Britaniyaning Civil Service College bilim yurti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi rahbariyati boshchiligidagi respublika mutaxassislarining Buyuk Britaniyadagi Civil Service College ijrochi direktori S.Leong bilan onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida davlat xizmatchilari faoliyatini monitoring qilish va baholash hamda rahbar kadrlar uchun muntazam o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha Civil Service College vakillari fikr-mulohazalari tinglandi.

Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori A.Bekmurodov tomonidan Civil Service College bilan o‘zaro hamkorlikda tuman va viloyat hokimliklari vakillari uchun mahorat darslari, qo‘shma treninglar, o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan takliflar xorij tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlandi.

Onlayn uchrashuv yakunlari bo‘yicha mazkur yo‘nalishlardagi hamkorlikni huquqiy jihatdan mustahkamlash maqsadida anglashuv memorandumini rasmiylashtirishga kelishib olindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid