Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ayrim ekinlarni ekish bo‘yicha majburiy talab bekor qilinadi
O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan davlat organlari faoliyati shaffofligi va samaradorligini oshirish strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, yerdan foydalanishning maqbul shakllari bo‘yicha cheklovlarni liberallashtirish, ayrim ekinlarni ekish bo‘yicha majburiy talabni bekor qilish, ruxsat berish tartib-taomillaridan kelib chiqadigan bozor imtiyozlaridagi xato ko‘rsatishlarni minimallashtirish mo‘ljallanmoqda.
Shuningdek, yerga egalik huquqini mustahkamlash hamda unga bosqichma-bosqich oldi-sotdi mexanizmlarini joriy etish, yerni ijaraga berish huquqi, bank krediti olishda yerdan foydalanish huquqidan garov ta’minoti sifatida foydalanishga ruxsat berish ko‘zda tutilyapti.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan rasmiy veb-saytlarda bino va inshootlar, yo‘llar va boshqa ijtimoiy ahamiyatga molik infratuzilmalarni kapital ta’mirlash bo‘yicha ochiq ma’lumotlarda ish boshlanishidan kamida olti oy oldin xabardor qilish va muntazam yangilanib turishini ta’minlash ham rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
11:53 / 28.04.2025
Tuproq va ekinlarni «yorituvchi» bakteriyalar yaratildi
09:00 / 18.09.2024
Tovar-xomashyo birjalari uchun yangi talablar belgilandi
09:50 / 25.07.2024
QXV yoz jaziramasida eng ko‘p zararlanadigan ekin turlarini ma’lum qildi
12:40 / 20.07.2024