Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijda O‘zbekiston tarixiga oid eksponatlar ko‘rgazmasi o‘tkaziladi
23 noyabr kuni Fransiya poytaxti Parijda O‘zbekistonning boy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochiladi.
Unda Buyuk Ipak yo‘li haqida hikoya qilinib, qariyb ikki ming yillik davrni qamrab oluvchi 169 ta eksponat, jumladan, O‘zbekistonning 16 ta muzeyidan 138 dona osori-atiqa, shuningdek, dunyoning yetakchi muzeylaridan 31 ta ashyo namoyish etiladi.

Ko‘rgazmada namoyish etilayotgan eksponatlardan biri — Buddaviylar ibodatxonasidagi Kushon shahzodasining boshi. U 1937 yilda Surxondaryo viloyati hududida bo‘lgan Kushon podsholigi davrida tashkil etilgan Dalvarzintepa shaharchasi yaqinida arxeologik qazishmalarda topilgan.


Afrosiyob rasmlari 1965 yilda kashf etilgan. Surat taxminan VI asr oxiri VIII asr boshiga tegishli. Samarqand ixshidi (hukmdori) Varxuman saroyidan topilgan.

Dalvarzintepadagi buddaviylar ibodatxonasidan topilgan Bodxisattva haykali esa eramizgacha bo‘lgan II-III asrga tegishli eksponat hisoblanadi.
Ko‘rgazma 2023 yil yoziga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
08:07 / 12.05.2025
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi
22:21 / 08.05.2025
Jizzax viloyatida paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi
18:38 / 28.04.2025