Sirdaryoda erkak xotinini g‘isht bilan urib o‘ldirdi
Mirzaobod tumanida yashovchi 38 yashar erkak o‘zaro janjallashib qolgach, turmush o‘rtog‘ining boshiga g‘isht bo‘lagi bilan bir necha marta urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.
37 yashar ayol zudlik bilan tez yordam mashinasida Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasiga olib boriladi. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan u jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Sirdaryo viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi Mirzaobod tuman bo‘limining ma’lum qilishicha, mazkur oila nizoli oilalar qatoriga kiritilgan bo‘lib, 17 oktabr kuni ayolga himoya orderi berilgan. Shu kuni IIB xodimlari ayolning eri bilan tushuntirish ishlari olib borishgan. 18 oktabr kuni esa mazkur jinoyat sodir etilgan.
Marhumaning eriga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-modda 3-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:55 / 27.08.2024
Mirzaobod tumaniga ham bank rahbari hokim bo‘ldi
16:39 / 31.10.2023
Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
16:19 / 09.12.2022
Mirzaobodda yo‘lni ta’mirlash uchun ajratilgan 450 mln so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi
08:41 / 14.09.2021