Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida yangi jamg‘arma tashkil etiladi
Prezidentning “Davlat tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Tibbiyot muassasalari binolarini saqlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Quyidagilar jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
- tegishli moliya yilida davlat budjetidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratib boriladigan mablag‘lar;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalar va tashkilotlar bo‘sh turgan ko‘chmas mulk obektlari va yer maydonlarini ommaviy savdolar (auksion)da sotishdan tushadigan mablag‘lar respublika budjetiga o‘tkaziladigan qismi;
- jamg‘arma vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
- jismoniy va yuridik shaxslar homiylik xayriyalari;
- qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Quyidagilar jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan asosiy yo‘nalishlar hisoblanadi:
- tibbiyot muassasalari binolari, inshootlari va boshqa infratuzilmasini qurish;
- tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini yaxshilash;
- zamonaviy tibbiy asbob-uskuna va jihozlar, kompyuterlar, planshetlar, multimedia va tarmoq qurilmalari hamda dasturiy ta’minotlarni xarid qilish;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirish;
- prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi tegishli qarorlarida belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Tibbiyot muassasalari binolarini saqlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi:
- jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish hamda ulardan foydalanish yo‘nalishlari;
- jamg‘arma mablag‘larini sarflash va boshqarish;
- jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishni hisobga olish va nazorat qilish.
Mavzuga oid
11:33 / 19.03.2025
Germaniyada o‘zbek bolalariga tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan jamg‘arma tashkil etildi
12:21 / 18.03.2025
Kambag‘allikni qisqartirish jamg‘armasining vazifalari belgilandi
15:50 / 17.03.2025
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi
15:18 / 06.03.2025