Fan-texnika | 23:50 / 27.10.2022
398934
2 daqiqa o‘qiladi

Chevrolet Onix noyabr oyidan sotuvga chiqishi mumkin

Chevrolet Onix avtomobilining eng arzon pozitsiyasi 150 million so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda Chevrolet Onix avtomobilining 1 noyabrdan sotuvga chiqishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Kurbanoff.net Telegram-kanali muallifi yozmoqda.

“Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, 90 ot kuchiga ega, 1,2 litrli dvigatel va mexanik uzatmalar qutisi hamda po‘lat g‘ildiraklar bilan jihozlangan Chevrolet Onix'ning eng oddiy pozitsiyasi narxi 150 million so‘m atrofida bo‘ladi.

Shuningdek, asosiy komplektatsiyaga galogenli faralar, kunduzgi LED chiroqlari va orqa chiroqlar, 2 ta xavfsizlik yostiqchasi, ESC barqarorlik tizimi, blokirovkaga qarshi ABS tormoz tizimi, radiomagnitola va konditsioner kiradi”, deb yozadi kanal muallifi.

Chevrolet Onix quyidagi pozitsiyalarda sotuvga chiqishi kutilmoqda:

  • Onix 1.2 MT LS;

  • Onix 1.2 MT 1LT;

  • Onix 1.2T MT 3LT;

  • Onix 1.2T AT 4LT;

  • Onix 1.2T AT Premier;

  • Onix 1.2T AT Premier II.

“O‘zavtosanoat” AJ matbuot xizmati Chevrolet Onix uchun 1 noyabrdan shartnoma berish boshlanishi haqidagi xabarlarni Kun.uz'ga tasdiqlamadi, shu bilan birga inkor ham etmadi.

Avvalroq, oktabr oyidan boshlab Chevrolet Onix avtomobillari uchun shartnomalar berish boshlanishi xabar qilinib, shartnoma tuzganlar 2023 yilning dastlabki oylarida o‘z avtomobillariga ega bo‘lishlari mumkinligi aytilgandi.

O‘tgan yili UzAuto Motors Chevrolet Onix 9 mingdan 12 ming dollargacha bahoda sotuvga chiqarilishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga oid