Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyadan Toshkent va Samarqandga yangi aviaparvozlar yo‘lga qo‘yilishi kutilyapti
Seul shahrida bo‘lgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov T'way Air aviakompaniyasi katta vitse-prezidenti Kim Xyung Yi bilan uchrashdi.
Muloqotda ikki davlat fuqarolarining o‘zaro sayyohlik va xizmat safarlariga ortib borayotgan talabini qondirish maqsadida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida aviaqatnovlarni oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Koreya tomoniga O‘zbekistonda turizm sohasi milliy iqtisodiyot strategik tarmoqlaridan biri sifatida qaralishi aytib o‘tildi. Ta’kidlanganidek, mamlakatda qisqa vaqt ichida xorijlik sayyohlar kelishi va sayyohlik infratuzilmasi obektlari soni sezilarli darajada oshdi.
Ikki davlat o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan Toshkent va Samarqand shaharlariga T'way Air aviakompaniyasi parvozlarini yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
09:33 / 04.04.2025
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan rasman chetlatildi
10:29 / 24.03.2025
Janubiy Koreyada prezident vazifasini bajaruvchiga nisbatan impichment bekor qilindi
10:55 / 19.03.2025
Koreyaning Ulsan shahar meriyasi orqali O‘zbekiston fuqarolariga soddalashtirilgan tartibda mehnat vizalarini berish mexanizmlari joriy etiladi
15:44 / 05.02.2025