Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 12:53 / 28.10.2022
7389
2 daqiqa o‘qiladi
Tadbirkorlar uchun moliyaviy jarima miqdori 30 foizga kamaytiriladi
Prezidentning “Tadbirkorlik sub’yektlari huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Loyiha bilan quyidagilarni belgilash nazarda tutilmoqda:
- tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini belgilashga uch yillik moratoriy joriy etish;
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik sub’yektlariga yangi majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar ular rasman e’lon qilingan fursatdan boshlab, 6 oydan oldin bo‘lmagan muddatda kuchga kiritish;
- tadbirkorlik sub’yektlariga majburiyatlar yuklaydigan yangi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni bajarmaganlik uchun ularga nisbatan 6 oy davomida javobgarlik choralari qo‘llash taqiqlanadi;
- savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jinoiy javobgarlikni ma’muriy yurisdiksiyaga o‘tkazish orqali bekor qilish;
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq qonunchilik talablariga rioya etmaganlik uchun belgilangan moliyaviy sanksiyalar miqdorlarini kamida 30 foizga kamaytirish;
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holatlarda aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha aybga iqror bo‘lganda va ushbu huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarori olingan kundan e’tiboran 15 kunlik muddatda moliyaviy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda to‘langanda jarimani belgilangan miqdorga nisbatan ikki baravarga kamaytirish;
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda birinchi marta huquqbuzarliklar sodir etgan mikro va kichik tadbirkorlik sub’yektlariga moliyaviy sanksiya choralarini qo‘llamaslik (bundan tergovga qadar va jinoyat ishlari doirasida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun qo‘llaniladigan jarimalar mustasno.)
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
19:33 / 02.05.2025