O‘zbekiston | 17:55 / 31.10.2022
9688
8 daqiqa o‘qiladi

Issiqlik elektr stansiyalari kuz-qish mavsumiga shay holatga keltirildi

Ayni paytda, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 80 foizga yaqini issiqlik elektr stansiyalari hissasiga to‘g‘ri keladi. Soha xodimlari tomonidan 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumida aholining elektr va issiqlik energiyasiga bo‘lgan talabini qondirish va mavsumni betalafot o‘tkazish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilib bugun elektr stansiyalar mavsumga to‘liq shay holatga keltirildi. 

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Mavsumga elektr stansiyalarni tayyorlash bo‘yicha barcha rejalashtirilgan ishlar hozirda to‘liq amalga oshirildi.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Jumladan: 

Rejaga muvofiq, 30 ta, shu jumladan 12 ta energoblok, 1 ta turboagregat, 9 ta qozonagregati, 7 ta bug‘-gaz qurilmasi, 1 ta gaz-turbina qurilmasi mukammal ta’mirlandi. 

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Barqarorlikni oshirish maqsadida qo‘shimcha ravishda 19 ta energoblok, 16 ta qozon agregati, 10 ta turboagregat, 2 ta bug‘-gaz qurilmasi va 2 ta gaz turbina qurilmalarida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi. 

55 ta blok transformatorlarida mukammal, o‘rta ta’mir ishlari bajarildi. 

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini yuqori kuchlanuvchi liniyalarga sifatli va uzluksiz uzatilishini ta’minlash maqsadida elektr stansiyalardagi 35-110-220-500 kV ochiq taqsimlash qurilmalari uskunalari texnik holatni tekshirish va sozlash ishlari olib borildi.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari
Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Jumladan:

  • 521 tok transformatorida;
  • 155 ta kuchlanish transformatorida; ta avtotransformatorda;
  • 6 ta o‘chirgichlar (havoli, moyli, elegaz);
  • 748 ta ajratgichlarda sinash va sozlash ishlari bajarilib, aniqlangan nuqsonlar bartaraf etildi. 
Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Energetika uskunalarining texnik holatini aniqlash, ularning faoliyatidagi mavjud kamchiliklarni joyida bartaraf etish maqsadida,

161 ta metall namunasining laboratoriya sinovi o‘tkazildi.

177 ta metall to‘liq kimyoviy tahlil qilindi. 

1 347 ta elementlarni aniqlashga qaratilgan tekshiruv olib borildi.

1 066 ta metall namunalariga mexanik xossalarini aniqlash uchun ishlov berildi va sinovi bajarildi. 

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Shuningdek, 179 ta suv, elektrolit, reagentlar, 594 ta energetik moy mahsulotlarida,kuchlanish transformatorlarida 587 ta transformator moyining xromatografik tahlillari o‘tkazildi. Barcha moy bilan to‘ldirilgan qurilmalar ko‘rikdan o‘tkazildi. 

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Ta’mirlar sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida mahalliy mutaxassislar qatori AQShning “General Electric”, Rossiyaning “Silovyye mashiny”, “Kalujskiy turbinnyy zavod” va “Taganrogskiy kotelostroitelnyy zavod”, Yaponiyaning “Mitsubishi Hitachi Power Systems”, Janubiy Koreyaning “Hyundai” konsorsiumi vakillari ham jarayonlarga jalb etildi. Ularda faoliyat olib borayotgan yuqori malakali shef injinerlar ta’mirlash va texnik inspeksiya ishlariga jalb etildi.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Mavsumga puxta hozirlik ko‘rish maqsadida yoqilg‘ini qabul qilish, saqlash va undan foydalanish tizimi texnik nazoratdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, mavsumga shay holatga keltirildi.

Jumladan, elektr stansiyalarning yoqilg‘i ta’minoti ishonchliligini ta’minlash maqsadida “Tolimarjon IES” AJ, Navoiy IES gaz tarmog‘iga qo‘shimcha gaz filtrlarini o‘rnatish, To‘raqo‘rg‘on IES bug‘-gaz qurilmalari gaz siqish kompressorlarini ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazildi. Elektr stansiyalarida zamonaviy bug‘-gaz qurilmalari uchun yoqilg‘ining energobloklarga sifatli uzatish tizimi mustahkamligini ta’minlash uchun stansiyalarda 1-pog‘ona uchun 3 304 ta va 2-pog‘ona uchun 2 532 ta havo filtrlari zaxirasi yaratildi.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Elektr stansiyalarida mazut xo‘jaliklari tasarrufidagi yoqilg‘i saqlash va uzatish tizimining rezervuarlari ta’mirlanib, filtr setkalari tozalandi, yangi va zamonaviy nasoslar o‘rnatildi. Mazut qizdirgichlari va boshqa yordamchi uskunalar yangisiga almashtirildi. Mazut to‘kish estakadalarida 2785 pogonometr temiryo‘l va 9 ta mazut bakining ta’miri amalga oshirildi.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Kuz-qish mavsumida yoqilg‘i tashish yo‘nalishida yuz berishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish maqsadida temiryo‘l xo‘jaliklarida ham kapital va joriy ta’mirlash ishlari olib borildi. Elektr stansiyalari qaramog‘idagi temiryo‘llar ta’miri doirasida 1756 ta yog‘och va temir-beton shpallar yotqizildi. Bundan tashqari, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi korxonalarda 7 ta teplovoz mukammal ta’mirlandi. 

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Kuz-qish mavsumida iste’molchilarni elektr va issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlash, ishlab chiqarish jarayonlarini betalafot, uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida mas’ul mutaxassislardan iborat ishchi guruhlar tashkil etilib, tizim tarkibiga kiruvchi elektr stansiyalarga amaliy yordam ko‘rsatish uchun yuborildi. Ishchi guruh tomonidan bugungi kunga qadar energoqurilmalarda 1000 tadan ortiq asosiy va yordamchi uskunalarda profilaktik tekshiruvlar, sinov-sozlash ishlari olib borildi. 

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Korxonalarda tun-u kun faoliyat olib boruvchi shtab tashkil qilingan bo‘lib, ishdagi energoqurilmalar holati doimiy onlayn nazorat ostiga olingan. 

Barcha tizim tashkilotlari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari va mas’ul mansabdor shaxslari 24 soatlik ish rejimiga o‘tishi belgilab olingan.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ markaziy apparatida Situatsion – tahliliy onlayn-dispetcherlik markazi tashkil etildi. 

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari
Foto: Issiqlik elektr stansiyalari
Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Markaz real vaqt rejimida joylardagi elektr stansiyalar dispetcherlik markazlarini operativ boshqarish va uning ishonchli ishlashini ta’minlash, elektr energiyasiga bo‘lgan talab hamda taklifdan kelib chiqib har soatlik rejimni shakllantirish, stansiyalarning texnik-iqtisodiy jihatdan eng maqbul rejimlarda ishlashini ta’minlash, avariya rejimlari yuzaga kelishining oldini olish, ularni bartaraf etish va tizimning qayta ishonchliligini tiklashga xizmat qiladi. Shuningdek, real vaqtda issiqlik elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonining onlayn monitoringini amalga oshiradi;

- elektr energiyasi ishlab chiqarilishi uchun shartli yoqilg‘i sarfi, uning zaxirasi nazoratini olib boradi;

- elektrstansiyalar yoqilg‘i-transport sexlari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda masofadan turib avtotransport vositalari harakatini, yoqilg‘i saqlash obektlari faoliyatini kuzatib boradi;

- avariyaviy holatlar oldini olish maqsadida stansiyalarda tashkil etilgan mas’ul xodimlardan iborat, tun-u kun faoliyat yurituvchi qo‘shimcha navbatchilik guruhlari bilan birgalikda ish olib boradi;

- uskunalar ishonchliligiga ta’sir etuvchi kamchiliklarni aniqlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda stansiyalarga amaliy yordam ko‘rsatadi;

- avariyaviy holatlar yuz bergan taqdirda, ularni bartaraf etish bo‘yicha birinchi darajali chora-tadbirlarni belgilaydi hamda tezkorlik bilan bartaraf etish ishlarini tashkil qiladi;

- stansiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash, mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar monitoringini olib boradi;

- elektrstansiyalarda xavfsizlik texnikasi qoidalariga asosan ishni betalafot tashkil etish, ishchi-xizmatchilar salomatligini muhofaza etish choralarini nazorat qiladi;

- zarur hollarda operativ tarzda sutkasida 24 soat mobaynida energoobektlarga chiqib boradi, ishlarni muvofiqlashtiradi.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari
Foto: Issiqlik elektr stansiyalari
Foto: Issiqlik elektr stansiyalari
Foto: Issiqlik elektr stansiyalari
Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Ushbu ishlarni masofadan turib samarali tashkil etish bo‘yicha markaz zamonaviy axborot-kommunikatsiya uskunalari bilan jihozlangan. Ishga malakali mutaxassislar jalb etilib, ular uchun barcha zarur shart sharoitlar yaratilgan.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid