Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ijtimoiy uy-joy qurilishi bo‘yicha Turkiya tajribasi qo‘llanadi
O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Turkiyaga tashrifi doirasida bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev xorijlik hamkasblari bilan qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.
Turkiya savdo vaziri Mehmet Mush bilan uchrashuvda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi o‘sish dinamikasi alohida ta’kidlandi. Tomonlar savdo tuzilmasini diversifikatsiya qilish doirasida hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldi.
Transport va logistika sohasidagi munosabatlar yuzasidan fikr almashildi. Turkiya yuklar tranziti bo‘yicha xalqaro shartnomalarga qo‘shilish istiqbollari ko‘rib chiqildi, savdo yo‘laklarini diversifikatsiya qilish, tranzit jarayonlarini optimallashtirish va soddalashtirish, transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishga kelishildi.
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Vahit Kirishji bilan muzokaralar chog‘ida qishloqlarni rivojlantirish, chorvachilik, parrandachilik, dehqonchilik, sut va go‘sht yetishtirish sohalarida loyihalar va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda amalga oshirilishiga grantlar ajratish bo‘yicha Turkiya tajribasini O‘zbekistonda qo‘llashga e’tibor qaratildi.
Atrof-muhit, shaharsozlik va iqlim o‘zgarishlari vaziri Murat Kurum bilan uchrashuvda ijtimoiy uy-joy qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Turkiya tajribasini O‘zbekistonda qo‘llash, aholi salomatligi punktlari va Orolbo‘yi hududida bandlikni oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025