O‘zbekiston | 10:39 / 03.11.2022
14660
1 daqiqa o‘qiladi
Mehnat ta’tilining eng kam muddati 21 kalendar kuni etib belgilandi
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi qabul qilingani haqida xabar berilgan edi.
Yangi kodeksda xodimlarga yillik asosiy mehnat ta’tilining eng kam muddati 21 kalendar kuni etib belgilandi. Avval bu muddat kamida 15 ish kunini tashkil etardi.
Shuningdek, dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlaridan xodimlarning oqilona foydalanishi maqsadida dam olish kunlari Prezident farmoni bilan boshqa kunlarga ko‘chirilishi mumkin.
Ya’ni dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelganda dam olish kuni bayramdan keyingi kunga ko‘chiriladi.
Masalan, 1 sentabr – ishlanmaydigan bayram kuni yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, qo‘shimcha dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi.
Mavzuga oid
09:09 / 07.12.2023
Bugun hamma xodimlar ishdan 1 soat vaqtli uyiga ketishi mumkin
18:54 / 04.12.2023
Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi
21:09 / 14.09.2023
O‘zbekistonliklar 2 oktyabrda ham dam oladi
20:45 / 07.08.2023