Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
115 mln dollarga 17 ta talabalar yotoqxonasi quriladi
Samarqandda o‘tayotgan Xalqaro iqtisodiy forum doirasida 18 ming o‘rinli talabalar turar joylarini qurish bo‘yicha maslahat xizmati bitimi imzolandi.

Qayd etilishicha, bitim Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida kelishilgan bo‘lib, loyiha qiymati 115 mln dollarga teng.
Hujjatni imzolashda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori Zokir Bozorov hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Barqaror infratuzilma siyosati va loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha direktori Mesyu Jortan-Tank ishtirok etgan.
Hozircha loyihani amalga oshirish muddatlari va yotoqxonalar qayerlarda barpo etilishi haqidagi ma’lumotlar e’lon qilinganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, shu yil sentabr oyida AOKAda o‘tgan matbuot anjumanida oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov O‘zbekistonda o‘qiyotgan 211 ming nafar talabaning turar joyga ehtiyoji borligini, ammo yotoqxonalardagi jami o‘rinlar soni 91 mingta ekanini aytgandi.

Shuningdek, vazir 2-3 yilda talabalar turar joyi masalasi bilan boshqa mas’ullar shug‘ullanishini, vazirlik esa faqat ta’lim sifati, darslik, jahon tajribasi haqida qayg‘urishini ma’lum qilgandi.
Bundan tashqari, vazir o‘rinbosari Sarvar Buzrukxonov Vazirlar Mahkamasining qarori bilan shu yil so‘ngiga qadar topshirilishi kerak bo‘lgan 4 ming 400 o‘rinli 11 ta yotoqxona qurib bitkazilmaganini, bu tadbirkorlar uchun jozibador bo‘lmaganini aytgandi. Shuning uchun u bu yilda biroz kechikish bo‘lishini hamda kelgusi ikki yilda bu ishlar ortig‘i bilan bajarilishini ta’kidlagandi.
Mavzuga oid
19:38 / 25.01.2025
Qo‘qon davlat pedagogika institutining 3-qavatdan o‘zini tashlagan talabasi vafot etdi
15:41 / 10.01.2025
Yotoqxonalarda talabalar uchun qo‘shimcha yotoq o‘rinlari soni 8000 taga yetkaziladi
13:44 / 16.12.2024
Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi talabalar turar joyining 3-qavatidan tushib ketdi
20:25 / 23.08.2024