Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkiya dunyodagi eng yirik oltin xaridoriga aylandi
2022 yilning uchinchi choragida Turkiya Markziy banki 31 tonna, O‘zbekiston Markaziy banki 26 tonna oltin sotib olgan.
World Gold Council (Jahon oltin kengashi) tadqiqotiga ko‘ra, 2022 yilning uchinchi choragida eng katta oltin xaridorlari Turkiya (31 tonna), O‘zbekiston (26 tonna) va Qatar (15 tonna) markaziy banklari bo‘ldi.
Bu davrda eng yirik sotuvchi Qozog‘iston Milliy banki bo‘lib, oltin zaxirasini 2 tonnaga kamaytirdi.
Umuman olganda, jahon markaziy banklari uchinchi chorakda 399,3 tonna oltin sotib oldi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 barobar ko‘pdir.
Yil boshidan beri sof oltinni xarid qilish 673 tonnani tashkil etdi, bu 1967 yildan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. O‘sha paytda rasmiy sektor muassasalari 1404 tonna oltin sotib olgan edi.
Qayd etilishicha, jahon mamlakatlari Markaziy banklarining hammasi ham oltin zaxiralari to‘g‘risida hisobot bermaydi, ba’zilari esa ma’lumotlarni kechiktirib e’lon qiladi.
WGC tahlilchilari hisobotni tuzishda Xalqaro valuta fondi (XVF) statistik ma’lumotlaridan foydalangan.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
17:27 / 16.05.2025
O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025