Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning sakkiz hududida sel xavfi e’lon qilindi
Fuqarolar va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Joriy yilning 6-8 noyabr kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel xavfi e’lon qilindi. Bu haqda “O‘zgidromet” bosh direktori Sh.Habibullayev xabar bermoqda.
Jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Bundan bir necha kun avval kuchli yog‘gan yomg‘irlar tufayli Qashqadaryo viloyatining tog‘li tumanlarida, daryo va soylarda sel oqqandi.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
16:51 / 27.05.2025
Zominda sel avtomobil yo‘lini qum-tosh bilan yopdi
12:00 / 16.05.2025
17-19 may kunlari qator hududlarda sel xavfi e’lon qilindi
17:10 / 25.04.2025