Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Eron futboli yulduzi namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlagani uchun hibsga olingan
Eron milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar Ali Daiy hibsga olingani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Germaniyaning Der Spiegel nashri kurdlarning Hengaw inson huquqlari tashkilotiga tayanib, Eron milliy jamoasining sobiq futbolchisi Ali Daiy hibsga olinganini yozdi.
Xabar berilishicha, Ali Daiy va sobiq darvozabon Hamid Lok 8 noyabr kuni Seraxs shahridagi mehmonxonadan xavfsizlik kuchlari xodimlari tomonidan olib ketilgan. Ikkalasi ham Mahsa Aminiy o‘limining qirq kunligiga bag‘ishlangan norozilik namoyishida ishtirok etish uchun ushbu shaharga borgan.
Daiyning hibsga olingani haqida hech qanday rasmiy xabar yo‘q, biroq o‘sha kundan buyon sobiq futbolchining Instagram sahifasida jimlik.
Avvalroq, bir qator ommaviy axborot vositalari afsonaviy futbolchi o‘lim jazosiga hukm qilingani haqida xabar tarqatishdi. Biroq, bu ma’lumotlarning ham rasmiy tasdig‘i yo‘q.
Ali Daiy Eron milliy jamoasi tarkibida 109 ta gol urib, uzoq vaqt davomida dunyo milliy jamoalari orasidagi eng yaxshi to‘purar hisoblangan. 2021 yilda Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu uning rekordidan o‘zib ketgan.
Daiy 2006 yilda Germaniyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidan so‘ng, Eron milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025