Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumida 8 ta hujjat imzolandi
Samarqand shahrida O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston asosiy vazirlik va idoralari, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari rahbarlari hamda AKT, qurilish, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va yengil sanoat, tibbiyot va farmatsevtika, transport, logistika va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi 200 ga yaqin yirik venger va o‘zbek kompaniyalari vakillari qatnashdi.
Biznes-forum davomida O‘zbekiston va Vengriya vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari o‘rtasida G2B va B2B uchrashuvlari tashkil qilindi. Ularda ishtirokchilar qo‘shma korxonalar tashkil etish va o‘zaro manfaatli savdo bitimlarini tuzish masalalarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldi.
Tadbir yakunida 8 ta hujjat imzolandi, jumladan, avtomobilsozlik, transport-logistika xizmatlari, yengil sanoat, parrandachilik sohalarida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv va shartnomalar hamda tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va baliqchilik sohasida o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi.
Mavzuga oid
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
16:41 / 22.05.2025
2026 yildan O‘zbekistonda AES sovitish tizimlarini ishlab chiqarish boshlanadi
21:46 / 21.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga tashrifini yakunlab, Sloveniyaga yo‘l oldi
16:01 / 21.05.2025